BUKA.BEK
Brendlarni auditoriya bilan bog'laydigan kontent yarataman — reklama emas, odamlar ko'rgisi keladigan tarzda. 500 mingdan ortiq obunachi, 19 dan ortiq brend bilan hamkorlik tajribasi.
Xabibullayev Xudoyorxonbek — Instagram platformasida faoliyat yurituvchi blogger va marketolog. Asosiy yo'nalishim — brendlar uchun qisqa video kontent orqali ularni real auditoriyaga tanitish va sotuvga aylantirish.
500 mingdan ortiq obunachidan iborat auditoriyam bilan doimiy muloqotda bo'laman: nima yoqishini, nimaga ishonishini va qanday kontentga munosabat bildirishini yaxshi bilaman. Shu bilim asosida har bir hamkor brend uchun individual yondashuv tayyorlayman.
Bugungi kungacha oziq-ovqat, ta'lim, bolalar mahsulotlari, mehmonxona va kiyim-kechak kabi turli sohalardagi 23 ta brend bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilganman.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2020–2024-yillarda Marketing-reklama ishi yo'nalishi bo'yicha bitirganman. Bloger bo'lmasdan oldin ko'plab kompaniyalarda ishlab, marketing bilimlarimni amaliyot orqali kuchaytirganman.
Neyromarketing, strategik va taktik bilimlarga egaman. Kompaniyalarning muammolariga konsultatsiyalar orqali yechim beraman.
ANALIZ QILISH
Raqobatchilarni SWOT analiz qilib, ularning bizdan kuchli yoki zaif tomonlarini topaman. Bizning imkoniyatlarni boshqalar bilan solishtirib tahlil qilib chiqaman. Bu esa kelajakda to'g'ri kontentlar bilan maqsadga tezroq erishishga yordam beradi.
KONTENT REJA
Bir oy uchun 8 ta kontentning ideyasini ishlab chiqaman. Rejani biznes egasi bilan tahlil qilib, unga qo'shimchalar yoki o'zgartirishlar kiritaman. So'ngra bir oylik rejaga asosan videolarni olishni boshlayman.
SURATGA OLISH
Kontent reja bo'yicha videolar olishni boshlaymiz. Suratga olish jarayonida maksimal xarizma va intonatsiya qobiliyatlarimni ishlatib, insonlarni videoni oxirigacha ko'rishga undayman.
MONTAJ JARAYONI
Videolar olingandan so'ng, jarayonning montaj qismiga o'tadi. Montajda videoni sifatli va qiziqarli chiqishini nazorat qilaman.
JOYLASH
Tayyor videoni joylash ham o'ziga yarasha mehnat va bilim talab qiladi. Bitta video to'liq joylanishiga umumiy 30–40 daqiqa vaqt ketadi. To'liq joylangan videoni esa Instagram algoritmi ko'proq odamlarga ko'rsatadi — bu esa bizga foyda keltiradi.
NATIJA TAHLILI
Bir oy davomida joylangan videolarning statistikasini tahlil qilgan holda, qaysi video ko'proq foyda keltirdi, qaysi videoning xatolarini to'g'irlash kerak va qanday videolar olmaslik kerakligi to'g'risida xulosa chiqaraman. Xulosalar asosida yangi oy uchun kontent rejasini yozaman.
Brendingizni keyingi 500K kishiga tanishtiramizmi?
Hamkorlik taklifingiz bo'lsa, telefon, Telegram yoki Instagram orqali yozing — 24 soat ichida javob beraman.